Xalq ta’limi bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Kattaqo‘rg‘onda tadbirkordan 2 000 AQSH dollari undirmoqchi bo‘lgan xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
 
Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Kattaqo‘rg‘on shahar hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Kattaqo‘rg‘on tumani xalq ta’limi bo‘limi mutaxassisi A.Sh. “L.S.” MCHJ tomonidan tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilgan 300 mln so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari bajarilganligi haqidagi dalolatnomani XTB mudiriga tasdiqlatib berish evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

598

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing