Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 15 oktyabr kuni Farrux Farhodjonovich Omonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari tegishli farmoyishni imzoladi.

Ma’lumot uchun, Farrux Omonov 1988 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bitiruvchisi. U 2019 yil dekabridan 2020 yilning noyabriga qadar Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, xalqaro hamkorlik va loyihalar kompleksi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2011-2015 yillarda Moliya vazirligida, 2015-2019 yillarda Savdo-sanoat palatasida ham mehnat qilgan.

2025 yilning iyulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi axborot ta’minoti va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar sho‘’basi mudiri lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Farrux Omonov joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing