Farg‘onada Xalq qabulxonasi mutaxassisi pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
21 avgust 5782 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatida Xalq qabulxonasining mas’ul xodimi 5 million so‘m pora olgan vaqtida qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi 1965 yilda tug‘ilgan fuqaroning kredit qarzdorligi bo‘yicha tuman Majburiy ijro bo‘limida unga nisbatan yuritilgan ijro hujjatini tanishlari orqali yo‘q qilib berish evaziga 5 million so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida energetika sohasining mansabdor xodimiga pora olgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Live
Barchasi