Namanganda Xalq qabulxonasi xodimi $1500 bilan ushlandi
3-sahifa
−
16:12 1230 1 daqiqa
Namangan shahrida Xalq qabulxonasi xodimi xizmat xonasida 1 500 AQSH dollar pora olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, departamentning Namangan shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahar Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi X.D. (muqaddam sudlangan) Yangi Namangan tumani hududidagi 4 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun fuqaro X.O. ga ajratib, hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda fuqaroning ishonchiga kirib, uni “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdiga vagon kuzatuvchisi lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs 5000 AQSH dollari talab qilgani aniqlangandi.
Live
Barchasi