Xalqimiz “qora ishchi” degan tamg‘a bilan yurishga mahkum – Federatsiya avtomobillar narxi oshishini qoraladi
Jamiyat
−
10 mart 2020
17381“UzAuto Motors” kompaniyasi avtomobillar narxini oshirishi jamiyatni yana bir bor jumbushga keltirdi. Ijtimoiy tarmoqlar ochiqdan ochiq haqoratlar va e’tirozlar bilan to‘lib toshmoqda. Ularning aksariyati mamlakat monopoliyaga ochiqdan-ochiq sharoit yaratib berganini aytmoqda.
Bugun “Adolat” sotsial-partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik patatasi Maqsud Qurbonboyev “UzAuto Motors” kopmaniyasining ushbu qarorini qoralab chiqqan edi. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ham narxlarning oshishiga jiddiy e’tiroz bildirdi. Unda shunday deyiladi:
“Bugungi kunda iste’molchilar avtomashinalar narxlari ko‘tarilganidan norozi. 1 yoki 2 foizga emas, birdaniga 15-20 % ga! Nima sabadan qaysi omillar tufayli, nega aynan xaridorgir bo‘lgan avtomashinalarning narxi tushishni o‘rniga ko‘tarilib ketgani ko‘pchilik iste’molchilarning noroziligaga sabab bo‘lmoqda. Ammo va’dalar aksincha edi. Bu yil avtomashina narxi tushishi kutilayotgan edi. Bu ishi bilan “UzAuto Motors” iste’molchilar ustidan yana bir ahmoqona “yurish qildi”. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga 2019 yil davomida 100ga yaqin rangi o‘chganidan tortib, texnik nosozligu o‘z joyida turgan, hech qanday tashqi omillarsiz o‘z-o‘zidan yonib ketgan mashinalar to‘g‘risida arizalar kelib tushgan. Biz ustavda belgilangan tizim orqali iste’molchilarimizga ko‘mak ko‘rsatgan bo‘lishimizga qaramasdan, muammolar ko‘paysa ko‘paydiki, aslo kamaymadi. “UzAuto Motors” monopol tashkilot hisoblanar ekan, bu kabi muammolarning adog‘i bo‘lmasligi aniq.
To‘g‘ri, xalqimiz mehnatkash, orzu- havas uchun ham mashina olish ishtiyoqidan aslo qaytmaydi. Lekin, bu degani istalgancha, xalq bilan hisoblashmasdan narxlarni oshirish kerak degani emas! Bu ketishda xalqimiz ancha payt musofir yurtda “qora ishchi” degan tamg‘a bilan yurishga mahkum. To‘g‘rida, o‘z davlatida qadr topmagan xalqni o‘zga yurtda boshini silarmidi?! Qachongacha o‘zga yurtda yaratilgan imkoniyatlarga havas qilib yuramiz? Qachonki, “UzAuto Motors”dan tashqari yana raqobatdosh zavodlar ish boshlasa, shundagina narxning tushishidan umid bor. Aks holda xalqqa nisbatan bunday bepisand va tahqirlovchi kayfiyat hali-beri ularni tark etmaydi. Bu monopoliyaga birgina misol, xolos. Aslida bu “musaffo osmon” ostida insoniyat ehtiyojiga nimaiki eng zarur hisoblansa, barchasi monopoliya hukmi ostida. Istang safarga chiqing “O‘zbekiston havo yo‘llariga” ikki barobar oshiqchasiga haq to‘lang. (Birgina misol : Tashkent-Istanbul bilan Almatы- Istanbul qatnov liniyalarini solishtiradigan bo‘lsak, bizda 1 million qimmatiga bilet xarid qilishingiz kerak, aslida esa masofa 1000 km(10 soat) bizga yaqin ammo biz “musaffo osmon” ostida uchganimiz uchun shunga yarasha to‘laymiz). Istang temir yo‘llaridan, istang gaz yoki svet, istang maishiy texnikaga murojaat qiling barchasi monopoliya hukmi ostida. Fakt bilan gapiradigan bo‘lsak, bizga tushgan maishiy texnikalar bilan bog‘liq barcha shikoyatlar “milliy brend”imiz bilan bog‘liq.
Gapimiz nihoyasida iste’molchilarimizdan shuni iltimos qilardikki, qo‘yilgan bahoga ko‘nib ketavermang. Yurtboshimiz ham “Jamiyat- islohotlar tashabbuskori” deb bekorga aytmagan. Xalq manfaati o‘ylanmas ekan, uni talab qilish huquqiga to‘laqonli haqlimiz. Xalqdek qudratli kuch bo‘lmaydi”.
Eslatib o‘tamiz, “UzAuto Motors” kompaniyasi mahsulotlari narxini oshirdi. Kompaniya saytida yangi narxlar ko‘rsatligan prays-list e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Damas va Spark 21 foizgacha, Nexia, Cobalt va Lacetti 15 foizgacha oshirilgan. Malibu 2, Tracker, Trailblazer, Equinox, Traverse va Tahoe narxlari o‘zgartirishsiz qoldirilgan.
LiveBarchasi