Xalq bankining uch filialida koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
13 iyul 2020
14288Xalq bankining uchta filiali xodimlarida koronavirus aniqlangani sababli hozirda karantinga olingan bo‘lib, ushbu bank muassasalarida xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatildi. Jumladan:
• Andijon viloyati Kuyganyor filialida 59 kishi karantinga olingan, shundan 1 nafarida;
• Navoiy viloyati Nurota filialida barcha xodimlar test topshirgan, shundan 8 nafarida;
• Navoiy shahar filialida ham barcha xodimlar test topshirgan va natijasini kutmoqda. Hozircha 1 nafar xodimda koronavirus qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 360 nafarga yetdi. Hozirgacha ularning 7852 nafari sog‘aygan va 62 nafari vafot etgan.
LiveBarchasi