Xalq bankiga yangi rais tayinlandi

Jamiyat

image

Murodilla Eshmatov Xalq bankiga yangi rais etib tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Murodilla Eshmatov 2016 yildan beri Sirdaryo viloyat hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Murodilla Eshmatov 1969 yilda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida tug‘ilgan. U 1991 yilda Toshkent Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Eshmatov 1995 yildan Markaziy bank tizimida faoliyat ko‘rsatishni boshlagan. U turli yillarda Markaziy bank raisi o‘rinbosari va raisning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xalq banki

Baholaganlar

71

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing