“Xalq banki” boshqaruvchisi bank g‘aznasidan 100000 dollarni o‘g‘irlaganlikda ayblanmoqda
Jamiyat
−
12 iyun 2019
6990Bank rahbarlarining bank mablag‘larini o‘g‘rilashi bilan bog‘liq holatlar davom etmoqda. Navbatdagi voqea Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hududida joylashgan AT “Xalq banki” tumani filialida aniqlandi.
Gap shundaki, 2019 yil 6 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumani hududida joylashgan AT “Xalq banki” Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank g‘aznasidagi valyuta saqlash seyfida bo‘lgan pullar sanoqdan o‘tkazilganida, shu yerda bo‘lgan 100000 AQSH dollari yo‘qligi aniqlangan.
Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Yozyovon tumani Guliston mahallasida yashovchi yuqoridagi bankning vaqtincha boshqaruvchisi 32 yoshli S.T., hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan tergov harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi