“Xalqaro jinoiy sudni qo‘llab-quvvatlayman”. Guterrish qirg‘in bo‘lgan Buchaga bordi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun, 28 aprel kuni Ukrainaga tashrifi chog‘ida Kiyev yaqinidagi Borodyanka qishlog‘i, Irpen va Bucha shaharlarida bo‘ldi. Bu haqda Bosh kotib vakili Stefan Dyujarrik xabar berdi.  

“Xalqaro jinoiy sud vaziyat bilan shug‘ullanayotganidan va uning prokurori idorasi vakillari allaqachon shu yerda ekanidan xursandman. Men Xalqaro jinoiy sudni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman va Rossiya Federatsiyasini u bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lishga chaqiraman”, degan Guterrish Buchaga tashrifi chog‘ida. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi, shuningdek, mojarolar paytida tinch aholi ko‘proq jabr ko‘rishini ta’kidlagan. 

“Buni dunyoning istalgan nuqtasida hamma eslashi kerak”, degan u. 

Ma’lumot o‘rnida, Guterrish bugun Ukrainada Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan muzokaralar o‘tkazadi va Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 26 aprel kuni Guterrish Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazdi va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan qabul qilindi.  


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

219

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing