Xalqaro turkiy xabarlar kanali tashkil etilishi mumkin

Olam

image

Turkiy tillar axborot agentliklari ittifoqi va Xalqaro turkiy xabarlar kanali tashkil etilishi mumkin. Bu haqda Bishkekda Turkiy davlatlar tashkilotining OAV va axborot masalalari bo‘yicha ishchi guruhining 10-yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Uchrashuvda Turkiy tillar axborot agentliklari ittifoqi va Xalqaro turkiy xabarlar kanalini tashkil etish masalalari muhokama qilingan.
Ishtirokchilar, shuningdek, Qirg‘iziston tomonidan tayyorlangan Turkiy davlatlar tashkiloti Jurnalistlari uyushmasi nizomi loyihasi yuzasidan fikr bildirgan.

Jumladan, yig‘ilishda 2023–2024 yillarga mo‘ljallangan harakat dasturi hamda O‘zbekistonda o‘tkazilishi kutilayotgan 2-Xalqaro media-forumga kiritish bo‘yicha takliflar muhokama qilingan.

“Ushbu guruh ishining asosiy natijalaridan biri T-BRAF (Turkiy davlatlar teleradiodasturlarni tartibga soluvchi organlari) ta’sis yig‘ilishi dasturi loyihasi, T-BRAF nizomi va qo‘shma deklaratsiya loyihalarini ko‘rib chiqish bo‘ldi. Muhokamalar natijalariga ko‘ra T-BRAF ta’sis yig‘ilishini 2023 yil 9 noyabr kuni Istanbul shahrida o‘tkazish rejalashtirilgan”, deyiladi departamentning xabarida. 

Mahalliy ommaviy axborot vositalari ishtirokidagi ishchi guruh yig‘ilishining ikkinchi qismida “Chat GPT misolida sun’iy intellektning afzalliklari va kamchiliklari” va “Gibrid urushlarning 21-asr xavfsizligiga tahdidi” mavzularida dolzarb masalalar muhokama qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Bishkek TDT turkiy xabarlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing