Xalqaro olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Jamiyat

image

Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 5−13 iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro matematika olimpiadasida (IMO) 3 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.

Ushbu olimpiadada dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o‘quvchisi ishtirok etmoqda.

Ma’lumot uchun, Prezidentning “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun o‘quvchiga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), uning ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofoti beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya matematika olimpiadasi o'zbekistonlik o'quvchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing