Xalqaro xotin-qizlar kuni: G‘azoda Isroil tajovuzi oqibatida o‘ldirilgan ayollar xotirlandi
Olam
−
08 mart
4543Bugun dunyoda Xalqaro xotin-qizlar kuni nishonlanar ekan, G‘azodagi hukumat matbuot idorasi oktyabr oyidan beri xalqaro hamjamiyatning sukuti ostida Isroil tomonidan o‘ldirilgan 8,900 dan ortiq falastinlik ayollar uchun xotirlash marosimi o‘tkazdi. Bu haqda idora axborot xizmati xabar berdi.
Isroilning G‘azoga qarshi oktyabr oyida boshlangan genotsid urushi davomida hozirgacha 8,900 dan ortiq falastinlik ayol o‘lgan va 23,000 dan ortig‘i jarohat olgan, 2,100 nafari esa bedarak yo‘qolgan.
“8 mart kuni butun dunyoda Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida nishonlanadi, ular erishgan yutuqlari, kurashlari uchun ulug‘lanadi. Biroq, falastinlik ayollar erkinlik va qadr-qimmat uchun hamon jonlari bilan badal to‘lashda davom etmoqda”, deyiladi xabarda.
Idoraning ta’kidlashicha, G‘azoda boshlangan urush yarim milliondan ortiq falastinlik ayollarni boshqa joyga ko‘chirilishiga olib kelgan va ular oziq-ovqat, dori-darmonlar kabi asosiy ehtiyojlarga ega bo‘lmagan o‘ta qiyin sharoit ostida yashamoqda. Qolaversa, 60 ming homilador ayol eng oddiy sog‘liqni saqlash va tibbiy talablardan mahrum bo‘lgan og‘ir va o‘ta og‘ir hududlarda qolmoqda.
Ayni vaqtgacha G‘azo sektorida halok bo‘lgan falastinliklar soni 30 800 nafarga yetgani qayd etilgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil urushi G‘azo aholisining 85 foizini oziq-ovqat, toza suv va dori-darmonlarning keskin tanqisligi sharoitida ichki ko‘chishga majbur qildi, anklav infratuzilmasining 60 foizi shikastlangan yoki vayron bo‘lgan.
LiveBarchasi