Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Chimkentda ushlandi
Olam
−
09 aprel 2022
8997Qozog‘istonning Chimkent shahrida xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda Chimkent politsiya departamenti ma’lum qildi.
“Migrant” va “Qidiruv” tezkor-profilaktika tadbirlari davomida shahar IIB Ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, buzg‘unchi diniy oqim tarafdori bo‘lgan 30 yoshli fuqaro avvalroq O‘zbekiston IIB tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan. Qo‘lga olingan shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini yo‘qotib, mahalliy aholidan birining uyida yakka tartibda ishlab yurgan.
Hozirda politsiya erkakning hujjatlarini tiklash ustida ishlamoqda, shundan so‘ng uni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish choralari ko‘riladi.
LiveBarchasi