Qozog‘istonda “zamhokim” otib ketildi (video)

Olam

image

Qozog‘istonda Chimkent shahar hokimining o‘rinbosari Ruslan Berdenov kecha, 21 aprel kuni kechqurun otib ketildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Hujum oqibatida hokimlik xodimi o‘qdan jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Tibbiy yordam ko‘rsatish uchun jabrlanuvchiga shifoxonaga olib ketilgan.

Jabrlanuvchining operatsiyadan keyingi tashxisi – o‘ng tarafdagi ko‘krak qafasining penetratsion o‘q jarohati, o‘ng o‘pkaning pastki bo‘lagi, qovurg‘alararo arteriyalar va diafragmaning ko‘plab jarohatlari, shuningdek, o‘ng tomondan gemopnevmotoraks.

Bundan tashqari, qorin bo‘shlig‘ining ko‘p sonli o‘tkazuvchan jarohatlari, jigar shikastlanishi, ichki qon ketishi, o‘ng buyrak, yelka va bilakning ko‘plab o‘q jarohatlari, tashqi qon ketishi aniqlangan. Plevropulmoner va gemorragik shok qayd etilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shaxs ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Politsiya voqeaning barcha holatlari aniqlanishini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Ruslan Berdenov 2023 yilning martidan 2025 yilning fevraligacha parlament deputati bo‘lgan. U 2025 yilning fevral oyi oxirida Chimkentda hokim o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18 yanvar kuni Eron Oliy sudida otishma sodir etilishi oqibatida ikki sudya halok bo‘lgandi. Hujumni amalga oshirgan shaxs o‘z joniga qasd qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Chimkent Ruslan Berdenov zamhokim

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing