Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Chexiyada ushlandi
3-sahifa
−
04 iyun 2022
14704Firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Chexiya poytaxti Pragada qo‘lga olindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
O‘zbekiston va Chexiya Interpol MMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida joriy yilning may oyi oxirlarida firibgarlik jinoyatini sodir etgan va Interpol yo‘nalishi bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Praga shahri hududida ekani aniqlanib, qo‘lga olingan.
Jumladan, u O‘zbekiston fuqarolarining ishonchiga kirib, Chexiyaga jo‘natish va unda joylashgan avtomobil ehtiyot qismlarini yig‘ishga ixtisoslashgan zavodga ishga joylashni va’da qilgan, buning uchun ulardan katta miqdordagi pul mablag‘larini olgan, biroq va’dasini bajarmagan. U o‘z firibgarlik qilmishlarini yakuniga yetkazib, mamlakatni tark etgan va chet elda yashiringan.
Shundan so‘ng Jizzax viloyati IIBdan olingan materiallarga ko‘ra, O‘zbekiston Interpol MMB xodimlari tomonidan qo‘lga olish va ekstraditsiya qilish maqsadida xalqaro qidiruv tashkilotiga qizil xabarnoma jo‘natilgan.
Bugungi kunda qidiruvdagi shaxs Chexiya hududida ushlangan hamda qonuniy chora ko‘rilishi uchun O‘zbekiston Respublikasiga yetkazilgan.
LiveBarchasi