Xalqaro qidiruvdagi o‘ta xavfli o‘zbekistonlik jinoyatchi Misrda qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Tovlamachilik hamda boshqa og‘ir jinoyatlarda gumon qilinayotgan xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Misr Arab Respublikasidan O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, qidiruvdagi shaxs O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari tashabbusi bilan xalqaro qidiruvga berilgan bo‘lib, Interpol tomonidan olib borilgan tadbirlar davomida uning Misr hududida ekani aniqlangan. Shundan so‘ng Misrning vakolatli organlari uni qo‘lga olgan.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston tomoni Miszga ekstraditsiya so‘rovi yuborgan. So‘rov ko‘rib chiqilgach, Misr hukumati qidiruvdagi shaxsni O‘zbekistonga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan. Barcha xalqaro-huquqiy tartib-taomillar yakunlangach, u Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlariga topshirilib, jinoiy javobgarlikka tortish uchun mamlakatga olib kelingan.

“O‘zbekiston Respublikasidagi Interpol Milliy markaziy byurosi yashirinib yurgan jinoyatchilarning yashiringan joyini aniqlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda qidiruvdagi shaxslar qaysi mamlakatda ekanidan qat’i nazar, jazoning muqarrarligi tamoyilini ta’minlash borasidagi tizimli ishlarni davom ettiradi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing