O‘zbekistonda jinsiy zo‘ravonlik qilgan shaxs Turkiyada ushlandi (video)
3-sahifa
−
22 iyul 3539 1 daqiqa
Interpol tomonidan xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qidiruvdagi shaxslarni O‘zbekistonga qaytarishga erishgan.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Turkiyaning Istanbul shahrida yashirinib yurgan xalqaro qidiruvdagi uch nafar shaxsning turgan joyi aniqlanib, ular qo‘lga olingan.
Jumladan, Samarqand viloyatida tug‘ilgan 28 yoshli shaxs jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq og‘ir jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan. Buxoro viloyatida tug‘ilgan 34 yoshli shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan.
Yana bir holatda Toshkent shahrida tug‘ilgan 50 yoshli shaxs yirik miqdordagi firibgarlikni sodir etganlikda ayblanib, unga xalqaro qidiruv e’lon qilingan.
Qayd etilishicha, qo‘lga olingan shaxslar belgilangan tartibda O‘zbekistonga olib kelinib, tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Polshadan O‘zbekistonga qaytarilgan edi.
Live
Barchasi