Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonliklar Ozarbayjonda qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
27 mart
12111Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Ozarbayjonda qo‘lga olindi. Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Bosh prokuraturasining 1985 yilda tug‘ilgan Siyovush Hasanov Halimovich va 1990 yilda tug‘ilgan Sarvar Abdurahimov Kamoliddin o‘g‘lini jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi iltimosnomalari Ozarbayjon tomonidan qanoatlantirilgan.
“Firibgarlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonliklar qonunchilikka muvofiq joriy yilning 6 mart kuni Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda ushlanib, ularga nisbatan profilaktika choralari ko‘rildi. 2002 yilning 7 oktyabridagi “Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam to‘g‘risida”gi Konvensiyaga asosan ayblanuvchilar O‘zbekistonga topshirildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Interpol qidirayotgan ikki o‘zbekistonlik ayol Turkiyada qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi