Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Misrda ushlandi

3-sahifa

image

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrda qo‘lga olindi va O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

AQSHda jinsiy jinoyat sodir etgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi north_east

AQSHda jinsiy jinoyat sodir etgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan o‘g‘rilik va katta miqdorda tovlamachilik jinoyatlarini sodir etganlik uchun xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi T.X.M. Misrda ekani ma’lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ushbu shaxs Misr hududida bir muddat talabalik maqomida yashirinib yurgan. Joriy yil yanvar oyida Interpolning Qohira shahridagi ofisi va Misr huquqni muhofaza qilish idoralari bilan birgalikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq begonalarning avtomobilini sotib yuborib, xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik Rossiyada qo‘lga olingandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning iyun oyida erkak O‘zbekiston hududida bo‘lib, unga tegishli bo‘lmagan ikkita avtomobilni sotgan. Sotuvdan olingan jami summa 14 ming dollarni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik Misr ekstraditsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing