AQSHda jinsiy jinoyat sodir etgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Olam
−
14 fevral
19968AQSHning Merilend shtatida jinsiy jinoyati uchun sudlangan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Bu haqda AQSH Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati ma’lum qildi.
Aniqlik kiritilishicha, 65 yoshli I.G. 2015 yil oktyabr oyida AQSHga qonuniy ravishda kirib kelgan. Keyinchalik u kirish shartlarini buzgan. 2024 yil avgust oyida erkak to‘rtinchi darajali jinoyat (jinsiy jinoyat) sodir etganlikda ayblanib, hibsga olingan. O‘sha yilning dekabr oyida u aybdor deb topilib, uch yillik sinov muddatiga hukm qilingan.
Joriy yilning fevral oyi boshida u xuddi shunday jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, yana qo‘lga olingan.
“Bunday hibsga olish ishlarimiz ko‘chalarimizda bitta yirtqich va bitta potensial qurbon kamayganini anglatadi. Bizning asosiy maqsadimiz jamoat xavfsizligi va Merilend aholisini himoya qilishdir. Biz jamoalarimizga xavf solayotganlarni javobgarlikka tortilishi uchun tinimsiz ishlashda davom etamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari Xavfsizlik departamentining Tergov boshqarmasi (HSI) 3 fevralga qadar AQSH bo‘ysunuvidagi Puerto-Rikoda federal immigratsiya qonunlarini buzganlikda ayblab, 100 kishini, jumladan O‘zbekiston fuqarolarini ham hibsga olgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva
LiveBarchasi