Xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

3-sahifa

image

Rossiyada politsiya xodimlari xalqaro qidiruvda bo‘lgan uch nafar o‘zbekistonlikni qo‘lga oldi. Bu haqda "47Channel" xabar berdi

Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari rastrata va hujjatlarni qalbakilashtirish bilan shug‘ullanganlikda ayblanib xalqaro qidiruvga berilgan.

Qayd etilishicha, ulardan biri 37 yoshli erkak bo‘lib, 2018-2020 yillarda Farg‘ona viloyatida fuqarolarning nomiga ularning roziligisiz kredit rasmiylashtirgan. U o‘z hamyurtlarining imzolarini soxtalashtirish yo‘li bilan umumiy hisobda 528 million so‘m miqdordagi kreditni rasmiylashtirgan. Firibgar barcha pullarni o‘z hisobiga o‘tkazib olganidan so‘ng, ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan. 2022 yilning avgustida unga nisbatan xalqaro qidiruv e’lon qilingan.

Ikkinchi fuqaro esa Leningrad viloyatining Lomonosov tumanida qo‘lga tushgan. 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ham yuqoridagi ayblovlar bo‘yicha qidiruvga berilgan. Kompaniya rahbari bo‘lgan bu shaxs soxta hujjatlar bilan jami 30 million so‘mlik o‘zgalar mulkini o‘zlashtirgan. U 2022 yil sentyabrdan buyon qidiruvda bo‘lgan.

Yana bir firibgarlik jinoyati bilan 2023 yilning oktyabridan beri qidiruvda bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi esa Gatchinada ushlangan. U haydovchilik guvohnomasini olish maqsadida o‘zgalar hujjatiga suratini yopishtirib, o‘zini boshqa shaxs sifatida tanishtirgan. 

Migrantlarning barchasi Peterburg va Leningrad viloyati hududida ro‘yxatdan o‘tmagan holda yashab kelgan. Leningrad politsiyasi O‘zbekistondagi hamkasblariga qo‘lga olingan shaxslar bo‘yicha ma’lumot bergan. Ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik xalqaro qidiruv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing