Xalqaro aviaqatnovlar qisman tiklanyapti. Kelganlarni karantinga olish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
14 iyun 2020
12091O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan ayrim davlatlardan kelgan shaxslar O‘zbekistonda 14 kun muddatga karantinga olinmasligi belgilandi.
Xususan:
sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan (yashil reyslar) — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;
koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan) kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;
koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reylar — evakuatsiya reyslari) — qolgan boshqa davlatlar, shu jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida KARANTIN nazoratida SAQLANADI.
Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan va yaxshilanayotgan mamlakatlarda aviareys qatnovi kuniga qadar uzluksiz 14 kundan kam bo‘lgan, shuningdek, og‘ir sanitariya-epidemiologik vaziyat saqlanib qolayotgan davlatlardan tranzit orqali kelayotgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga kelish uchun AVIABILETLAR REALIZASIYA QILINMAYDI.
Eslatib o‘tamiz, 15 iyundan o‘zbekistonliklarga sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan davlatlarga ishlash va o‘qish uchun xorijga ketishiga ruxsat berildi.
LiveBarchasi