Xalqaro aviaqatnovlar ikki baravarga qisqartiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyuldan 1 avgustga qadar karantin choralari kuchaytiriladi.

Qarorda qayd etilishicha, xalqaro aviaqatnovlar va yuk tashuvlar bilan bog‘liq quyidagi yangi tartiblar belgilandi:

•    xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi;

•    xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari xaydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test topshiradi.

Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekistonga/O‘zbekistondan yo‘lovchi tashish bo‘yicha xalqaro aviatashuvlarni tashkil etish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik tartib tasdiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda Xalqaro aviaqatnov

Baholaganlar

257

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing