Xakerlar AQSH maxfiy hujjatlarini Telegram’da ommaviy ravishda sotmoqda 

Olam

image

Telegram’dagi ko‘p sonli chat guruhlar Amerika Qo‘shma Shtatlarining moliyaviy, sanoat va harbiy kompaniyalari hamda davlat idoralarining maxfiy hujjatlari bilan ommaviy savdo qilmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, gazeta o‘z tekshiruvini o‘tkazgan va Telegram’da xakerlar o‘n minglab maxfiy ma’lumotlarni sotayotgan ko‘plab guruhlarni topgan, ularning ba’zilari AQSH mudofaa qobiliyatiga bevosita tahdid soladi. 

“Hatto eski maxfiy hujjatlar ham operatsion ahamiyatga ega – ular muammolarga qanday yondashishimiz, tahdidlarni qanday baholashimiz, odamlarni qanday tarbiyalashimizni ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.

Milliy gvardiya harbiy-havo kuchlari askari Jek Teysheyra tomonidan oshkor qilingan hujjatlardan tashqari, jurnalistlar AQSH huquqni muhofaza qilish organlari va texnologiya kompaniyalari o‘rtasidagi shaxsiy aloqalarni aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, ba’zi xakerlar bu guruhlarning barchasi "aysbergning uchi" ekanligini aytgan.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, haqiqatan ham maxfiy suhbatga taklif qilinmaguncha tarmoqda "yillarni o‘tkazishingiz" mumkin. Bunday suhbatlarda “eng yaxshi materiallar” o‘g‘irlangan Amerika yoki Yevropa tijorat ma’lumotlari – kredit karta ma’lumotlari, elektron pochta xabarlari, ijtimoiy xavfsizlik raqamlari bilan almashtiriladi.

Yana bir bir xaker esa FT muxbirlariga AQSHda ishlab chiqarilgan piyoda jangovar transport vositalarining zirhlarini mustahkamlash uchun ishlatiladigan qotishma ishlab chiqarish sifatida tasvirlangan sanoat jarayonidagi namunaviy manba kodi, sozlamalari va sinov ma’lumotlarini ko‘rsatgan. Telegram’dagi boshqa suhbatda gazeta jurnalisti AQSHga uchishi taqiqlangan shaxslar ro‘yxatini olishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida AQSHning Ukraina, Yaqin Sharq va Xitoyga nisbatan siyosatining asl sabablarini ochib beruvchi jami yuzga yaqin maxfiy hujjatlar internetga sizdirilgan edi. Maxfiy fayllarda havo hujumidan mudofaa tarmog‘ini yaratish rejasi ham bo‘lgan. Shuningdek, AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Kiyevga qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rishda qanday yordam berilayotgani haqidagi ma’lumotlar ham ochiqlangan. Hujjatlarda kutilayotgan qurol-yarog‘ yetkazib berish jadvallari, qo‘shinlar va batalon kuchlari fotosuratlari mavjud bo‘lgan. Keyinchalik, mazkur hujjatlar tarqalishi ortida Rossiya turgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. AQSHning maxfiy hujjatlarini oshkor qilishda gumonlanayotgan 21 yoshli Jek Teysheyra mamlakat Federal qidiruv byurosi tomonidan hibsga olindi. Bostondagi sud Teysheyrani milliy mudofaa ma’lumotlarini ruxsatsiz saqlash va uzatish, maxfiy hujjatlar yoki materiallarni ruxsatsiz olib tashlash va saqlashda aybladi. Uni 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Telegram maxfiy hujjatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing