Xaker Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi saytiga hujum qildi
Jamiyat
−
24 iyul 2020
16140Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining rasmiy sayti xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda agentlik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
“Ayni paytda Agentlik veb-saytida texnik nosozliklar kuzatilmoqda. Uni bartaraf etish ustida ishlar olib borilyapti. Yaqin vaqt davomida sayt qayta tiklanadi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, deyilgan xabarda.
Xaker hujumi natijasida saytga kirganda faqatgina “Konkursga o‘tish” havolasi qolgan. Unga bosganda xaker qoldirgan quyidagi xabar chiqadi: “Axborot xavfsizligi qani, akalar? Bizning nomzodni o‘tkazmagan, voy meni akaxonlarim! yaxshiginabola@gmail.com”.
Sayt manzili ma’lumotnomasida “hamma ma’lumot menda” degan xabar ham qoldirilgan.
LiveBarchasi