“Xagibis” Yaponiyaga yopirildi. Qurbonlar bor

Olam

Без названия (4)

Avvalroq, Yaponiya poytaxti Tokio va unga yondosh hududlarga janubi-sharqdan o‘ta kuchli to‘fon yaqinlashib kelayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, 13 oktyabr kuni “Xagibis” to‘fonining Tokioga yopirilishi natijasida 10 kishi halok bo‘ldi, 16 kishi bedarak yo‘qoldi. To‘fon Tokioni falajlantirib, deyarli yarim million uyni elektrsiz qoldirdi. Bu haqda NHK xabar berdi.

Hukumat Tokiodagi va uning atrofidagi hududlarda asta-sekin yomg‘ir hamda suv toshqini xavfini bekor qila boshladi. Endilikda Hukumat yetkazilgan zararni hisoblashga kirishdi.

Bosh vazir Sindzo Abe favqulodda yig‘ilish chaqirib, tabiiy ofatlarga javobgar vazirni ahvol nisbatan og‘ir hududlarga yubordi. Abe halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bilidirib, Hukumat insonlar hayoti va mulkini qutqarish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.

10 kishi Chiba, Gunma, Kanagava va Fukusima kabi prefekturalarda halok bo‘ldi. To‘fon natijasida 16 kishi bedarak yo‘qoldi. To‘liq zarar hozircha noma’lum, chunki ba’zi hududlar hamon suv ostida qolyapti. Hukumat 425 000 uy elektr energiyasisiz qolganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya To'fon Xagibis

Baholaganlar

79

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing