Habib Porening futbolkasini qimmatga sotdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmuhamedov Dastin Porening futbolkasini auksionda sotdi.
Futbolka 100 ming dollarga sotilgan. Auksiondan tushgan barcha mablag‘lar Pore tomonidan asos solingan “The Good Fight” xayriya fondiga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 7 sentyabr kuni UFC`ning yengil vaznida jahon chempioni, rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Dastin Porega qarshi  Birlashgan Arab Amirliklarining poytaxti Abu-Dabi shahrida UFC 242 turniri doirasida jang o‘tkazdi. Habibning ustunligida kechgan jangda, rossiyalik sportchi raqibini bo‘g‘uvchi usuli bilan mag‘lub qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Por'e

Baholaganlar

127

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing