X’da eski suratlar g‘oyib bo‘lmoqda

Texnologiya

image

Ilon Maskning X platformasida URL qisqartmasi orqali o‘zgartirilgan rasmlar va giperhavolalar bilan biriktirilgan eski postlar yo‘qolib qolyapti. Bu haqda “The Verge” nashri xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, messenjerda ko‘rinmay qolayotgan suratlar va postlarning barchasi 2014 yildan avval joylangan. 

Xususan, Oskar mukofotini topshirish marosimidan olingan va 2014 yilda amerikalik tok-shou boshlovchisi Ellen Dejeneres tomonidan Twitter'ga yuklangan surat bir kun davomida platformadan yo‘qolib qolgan. Unda Gollivud yulduzlari, jumladan Bredli Kuper va Jennifer Lourens tasvirlangan. Foto Twitter`da eng ko‘p – 2,8 million martadan ortiq ulashilgan va unga ikki millionta layk bosilgan. 

Ammo eski tvit suratlaridan biri platformadan yo‘qolmadi. Bu sobiq prezident Barak Obamaning 2012 yilda qayta saylanish kampaniyasida g‘alaba qozonganidan keyin o‘z akkauntiga joylashtirgan fotosi edi. U qo‘lda tiklanganmi yoki yo‘qligi hozircha noma’lum.

21 avgust kuni tushdan keyin @Support akkaunti ushbu muammo haqida e’lon qildi. 

“Biz xatoni tuzatdik va muammo yaqin kunlarda to‘liq hal qilinadi”, deb yozilgan xabarda.

Bunday yo‘qolishlar videolarga ta’sir ko‘rsatmayapti. Chunki sobiq Twitter video joylash imkoniyatini 2016 yilga kelibgina taqdim etgan. 

Eslatib o‘tamiz, multimilliarder Ilon Mask Twitter'ning sobiq ramziy belgilari va boshqa narsalarni kimoshdi savdosiga qo‘ymoqda. Ular orasida yuqorida aytib o‘tilgan Obamaning mashhur surati ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Barak Obama Ilon Mask suratlar giperhavolalar rasmlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made