Keyingi pandemiya qayerda boshlanishi mumkinligi aytildi
Salomatlik
−
15 may 2020
19669Amazonka va Lotin Amerikasidagi yomg‘irli o‘rmonlar keyingi pandemiyaning boshlanishi joyi bo‘lishi mumkin. Bu haqda Braziliyalik ekolog Devid Lapola ma’lum qildi.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Amazonkada odamlarning hayvonlar yashash muhitiga ta’siri tez o‘sib bormoqda. Shu jumladan o‘rmonlarning yo‘q qilinishi natijasida ba’zi turlar o‘z yashash joyini o‘zgartirmoqda. Ushbu omil olimlar tomonidan koronavirusning yangi, hali ochilmagan turini paydo bo‘lishi sababi deb hisoblashadi.
Lapolaning fikriga ko‘ra, ushbu hududlarning urbanizatsiyasi odamlarga hayvonlardan yuqadigan kasalliklarning paydo bo‘lishiga yordam beradi.
“Amazonka o‘rmonlari juda katta viruslar omboridir. Omadimizni sinab ko‘rmaslik yaxshiroq“, deydi Lapola.
Uning qo‘shimcha qilishicha, virus ekologik muvozanatni buzgan holda hayvonlardan yuqishi mumkin. Braziliyalik ekolog odamlarning yomg‘ir o‘rmonlariga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yangi virus tarqalishining oldini olishga yordam beradi.
LiveBarchasi