Keyingi 10 kunda 10,5 ming o‘zbekistonlik ortga qaytishi kutilyapti – Prezident
Jamiyat
−
26 may 2020
5526Bugungacha O‘zbekistonga xorijdan 47 ming fuqaro qaytib keldi. Yana 100 minggi qaytish istagida. Bu haqda bugun, 26 may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishi vaqtida aytib o‘tdi.
“Bugungacha chet eldan olib kelingan fuqarolarimiz soni 47 mingtani tashkil etmoqda. Afsuski, ularning, ayniqsa keyingi ikki hafta davomida kirib kelganlarning aksariyatida koronavirus aniqlangan.
Bemorlarning qariyb 50 foizini ham xorijdan kelgan fuqarolar tashkil etadi.
Keyingi 10 kunda 3,5 ming odam havo yo‘llari, 7 mingga yaqin vatandoshimiz chegara postlari orqali yurtimizga kirib kelishi kutilyapti. Bunga qo‘shimcha yana 100 ming nafardan ortig‘i O‘zbekistonga qaytish istagini bildirib, navbat kutmoqda.
Fuqarolarimiz qaytib kelayotgan davlatlar hamda qo‘shni mamlakatlardagi vaziyatning og‘irligini hisobga olib, xotirjamlikka berilish mumkin emas”, dedi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, xorijdagi vatandoshlarni qaytarish uchun 25 maydan 7 iyungacha 17 ta charter reys amalga oshirish rejalashtirilgan.
LiveBarchasi