“Keyin kech bo‘ladi”. Shahboz Sharif dunyo ustiga suv yopirilishidan ogohlantirdi
Olam
−
24 Sentabr 2022
45362Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif iqlim o‘zgarishilari mamlakatining uchdan bir qismini suv ostida qoldirgan va millionlab bolalarning suv orqali yuqadigan kasalliklarga chalinishiga sabab bo‘lgan ofat takrorlanishi mumkinligi va boshqa mamlakatlarni ham chetlab o‘tmasligi haqida ogohlantirdi. Vazir kecha, 23 sentyabr kuni kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasidagi yig‘ilishda hammasi kech bo‘lmasidan hozir harakat qilish kerakligini aytdi.
"Bir narsa aniqki, Pokistonda sodir bo‘lgan voqea Pokiston bilan cheklanib qolmaydi. 40 kecha va kunduz davomida sodir bo‘lgan ofat, go‘yoki Injildagi suv toshqinini yog‘dirdi va ko‘p asrlik ob-havo rekordlarini yangiladi. Falokat va uni qanday boshqarish kerakligi haqida biz ega bo‘lgan hamma tasavvurlarni shubha ostiga qo‘ydi", deydi Shahboz Sharif.
U iyun oyidan beri rekord darajadagi musson yomg‘irlari va muzliklarning erishi oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari 1600 dan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘lgan mamlakati duch kelayotgan falokatning ko‘lami haqida batafsil ma’lumot berdi.
Sharifning ta’kidlashicha, mamlakatning bir qismi hali ham suv ostida, insoniyat azob-uqubatlar qurshovida.
"Iqlim o‘zgarishi nolga teng bo‘lgan bu zaminda 33 million kishi, jumladan, ayollar va bolalar salomatligiga xavf yuqori", deydi u.
Shuningdek, rasmiylar mamlakatning eng og‘ir zarar ko‘rgan hududlarida suv toshqini kamayishi uchun olti oygacha vaqt ketishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda. Chunki suv orqali yuqadigan kasalliklar, jumladan, vabo va dang isitmasi epidemiyasi tahdidi yuqori.
UNICEF ma’lumotlariga ko‘ra, toshqindan keyin 3,4 million bola tez tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan va ularda suv bilan yuqadigan kasalliklar, jumladan, dang isitmasi va bezgak yuqtirish xavfi oshib ketgan.
"Inkor etib bo‘lmaydigan va achchiq haqiqat shuki, biz bu falokatni keltirib chiqaradigan hech qanday ish qilmaganmiz", deydi u.
Sayyora haroratini oshiruvchi gazlarning 1% dan kamrog‘i Pokiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Yevropa Ittifoqi ma’lumotlari shuni ko‘rsatadi, ammo global iqlim xavfi indeksiga ko‘ra, u iqlim inqiroziga uchrash arafasida turgan sakkizinchi davlatdir.
Malakat og‘ir badal to‘layapti: nafaqat insonlar hayoti bilan, balki vayron bo‘lgan maktablar, uylar va ko‘priklar bilan ham.
Sharifning so‘zlariga ko‘ra, Pokistondagi hayot butunlay o‘zgargan va mamlakat ular sabab bo‘lmagan inqirozni yengish yo‘lida yolg‘iz qolib ketishidan qo‘rqadi. U ushbu yo‘qotish va zararga qarshi kurash yo‘lida o‘zaro birlashish mutlaqo o‘rinli ekanini tushuntirib, keyin kech bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Mamlakatning tabiiy ofatlarni nazorat qilish milliy boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, hozirgacha qayd etilgan 1606 o‘lim holatlarining 579 nafari bolalar bilan bog‘liq.
Sharifning BMTga ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlardan tashqari bir million uy vayron bo‘lgan. Shuningdek, bir milliondan ortiq qishloq xo‘jaligi hayvonlari nobud bo‘lgan va to‘rt million gektar ekinlarni suv oqizib ketgan.
U Pokistonni qayta qurishga tayyorligini aytdi. Ammo boshqa mamlakatlarni kelajakda bo‘ladigan iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashishga tayyor turishga chaqirdi.
“XXI asr muammolarini hal qilish uchun XX asrdagi muammolardan biroz tanaffus qilishimiz kerak. Bugungi kunda milliy xavfsizlikning vazifasi o‘zgardi. Agar dunyo rahbarlari kelishilgan holda umumiy kun tartibi bo‘yicha harakat qilish uchun birlashmasa, bahslashib urush olib boradigan yerning o‘zi qolmaydi. Tabiat bunga qarshi kurashadi. Va bunga insoniyat dosh berolmaydi”, deydi Sharif