Keunimjayeva Osiyo o‘yinlarida tarixiy g‘alabaga erishdi

Sport

image

Bugun, 5 oktyabr kuni Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining ayollar kurashi dasturi bo‘yicha bahslar bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Aktenge Keunimjayeva O‘zbekiston uchun tarixiy g‘alaba qayd etdi. 

 Ya’ni, u ushbu sport turida Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik sportchi bo‘ldi. 50 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Keunimjayeva bronza medali uchun kechgan bahsda hindistonlik Pujadan ustun keldi.

Shuningdek, yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Rustam Assakalov faoliyatida uchinchi bor Osiyo o‘yinlarida sovrindor bo‘ldi. 

-97 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Assakalov bronza medali uchun kechgan bahsda qozog‘istonlik Islam Umayevni mag‘lub etib, musobaqani uchinchi o‘rinda yakunladi. 

Ma’lumot uchun, Rustam Assakalov bungacha Osiyo o‘yinlarida oltin va kumush medallarini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Osiyo o'yinlari kurash Rustam Assakalov Aktenge Keunimjaeva yunon-rum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing