Ketmon jangi: Namangandagi bozorda janjal ko‘tarildi (video)
3-sahifa
−
03 avgust 8246 1 daqiqa
Joriy yilning 30 iyul kuni soat 15:30 larda Namangan viloyatining Norin tumanidagi “Haqqulobod dehqon bozori” oldida 6 nafar fuqaro o‘zaro janjallashib, bir-birini belkurak va ketmon bilan urib, tan jarohati yetkazdi. Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, fuqarolar hech qanday sababsiz jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, bir-birlarini qo‘llari va belkurak bilan urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazgan. Hodisada tan jarohati olganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda ular sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida janjalda ishtirok etgan barchaning shaxsi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 1 avgust kuni Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) 3-qismi “a” va “g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ayblanuvchilar Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Namangan IIB hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilayotganini ma’lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda Instagram’dagi kelishmovchilik ortidan janjal ko‘targan 7 nafar ayol 5 sutkaga qamalgan edi.
Live
Barchasi