Kerrikni tabriklashim kerak, u nodir bir narsa yaratdi – Venger
Sport
−
26 yanvar 2206 1 daqiqa
“Arsenal”ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger Premer-liganing 23-turidagi “kanonirlar” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng MYUni yangi bosh murabbiyi Maykl Kerrikni maqtadi.
Ushbu o‘yinda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Premer-liga jadvalida eng yuqori ikki jamoaga qarshi ketma-ket ikkinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
“Menimcha, bu jamoa “Manchester Siti”ni mag‘lub etgani va bugun “Arsenal”ni yenggani orasida farq bor. Ularning o‘yini juda ishonchli edi. “Arsenal” hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirganda, men ularning g‘alaba qozonishini kutgandim. Odatda bunday vaziyatda mezbon jamoa g‘alaba qozonadi. “Manchester Yunayted” esa uchinchi golni urdi va safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozonish uchun yana resurs topdi. Men Karrikni tabriklashim kerak – u jamoada nodir bir narsa yaratdi,” dedi Venger.
Malumot uchun, mavsum oxiriga qadar jamoani boshqarishi rejalashtirilgan Maykl Kerrik rahbarligida “Manchester Yunayted” so‘nggi ikki o‘yindan olti ochko to‘plab, turnir jadvalida “Chelsi” va “Liverpul”ni ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi.