Keniyadagi qurg‘oqchilikda qancha hayvon qirilib ketgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Keniyada so‘nggi o‘n yillikdagi eng uzoq davom etgan qurg‘oqchilik fonida yuzlab fillar, antilopalar, zebralar va yovvoyi hayvonlar nobud bo‘lmoqda. Bu haqda mamlakat turizm vazirligiga tayanib CNN nashri xabar berdi.

Bugun, 5 noyabr kuni e’lon qilingan xabarga ko‘ra, Keniya yovvoyi tabiatni muhofaza qilish xizmati qo‘riqchilari, jamoat nazoratchilari va tadqiqot guruhlarining kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan to‘qqiz oy ichida 205 ta fil, 512 ta antilopa, 381 ta oddiy zebra, 49 ta Grevi zebrasi, 51 ta buyvol va 12 ta jirafa nobud bo‘lgan.

Qurg‘oqchilik o‘txo‘r hayvonlar populyatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, daryo o‘zanlari qurib, qo‘riqxonalardagi o‘tloqlar abgor ahvolga kelib qolgan.

Butunjahon oziq-ovqat dasturi hisobotlariga ko‘ra, Afrika bo‘ylab to‘rt yomg‘irli mavsumdan buyon davom etayotgan qurg‘oqchilik Somali, Efiopiya va Keniyada 18 millionga yaqin odamni oziq-ovqat tanqisligidan jabr ko‘rishiga olib kelgan.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon meteorologiya tashkiloti kuzatilayotgan qurg‘oqchilik, mintaqada so‘nggi 40 yildagi eng davomiy qurg‘oqchilik ekanligini qayt etgan.

Keniyaning turizm, yovvoyi tabiat va meros vaziri Penina Malonzaning ma’lum qilishicha, mamlakatdagi mavjud fillar soni 36 mingga qadar kamayib ketgan.

Keniya Vazirlar Mahkamasining yovvoyi tabiat va turizm bo‘yicha sobiq kotibi Najib Balala o‘z intervyusida iqlim o‘zgarishlarini brakonerlikdanda katta xavf deb atagan.


Maqola muallifi

Teglar

Afrika qurg'oqchilik Keniya

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made