Yapon dengizida kema kit bilan to‘qnashdi

Olam

image

Bugun, 9 mart kuni Yapon dengizida katerning taxminlarga ko‘ra kit bilan to‘qnashuvi natijasida 80 nafardan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda “Kyodonews” xabar berdi.

Yaponiya sohil qo‘riqlov xizmati va mahalliy hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni 80 dan ortiq kishi kater Yapon dengizdagi Sado oroliga ketayotganda dengiz jonivori bilan to‘qnashuvda jabrlangan. Kemaning dum qismida 15 santimetrli yoriq paydo bo‘lgan va suvosti qanotlar zarar ko‘rgan.

Kema Yaponiyaning asosiy orolidagi Niigata portidan soat 11:30 da yo‘lga chiqqan. Unda 121 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat soat 12:15 da yuz bergan.

Kema operatorining so‘zlariga ko‘ra, to‘rt kishining jarohati jiddiy. Biroq to‘qnashuv kemaning Sado orolidagi belgilangan yerga yetib olishiga to‘siq bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya

Baholaganlar

133

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing