Kelishilgan o‘yinlar va totalizator: ayrim futbolchilar 5 yilga chetlatildi
Sport
−
16 yanvar 2021
7313O‘zbekiston ayollar futbolida ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani, totalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullangan shahslarga yordam bergani uchun 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy veb-saytida xabar berilgan.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining Futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasi tomonidan 2020 yil 5 oktyabrda kelishilgan o‘yinlarda qatnashish, totalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha ayollar futbol klublari vakillari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganiga qaramasdan, ayollar futbolida ushbu faoliyat bilan shug‘ullangan shahslar aniqlangan.
Xabarga ko‘ra, futbol sohasida faoliyat yuritgan sobiq mutaxassislar hamda ushbu sohaga aloqador bo‘lmagan shaxslar tomonidan “Guli” (Navoiy), “Navbahor” (Namangan), “Metallurg” (Bekobod) va “Bunyodkor” (Toshkent) ayollar klubi vakillarining ko‘rsatmalariga asosan ularga haq yevaziga kelishilgan o‘yinlarda qatnashish va totalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha taklif bilan chiqilgani ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, ayrim futbolchi va mutaxassislar yuqorida tilga olingan takliflarga rozilik bildirib, o‘ziga aytilgan noqonuniy vazifalarni bajargani ham fosh etilgan.
Qayd etlishicha, O‘FA Etika qo‘mitasining yig‘ilishida ayrim futbolchi va mutaxassislar kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani, totalizatorlik faoliyati bilan shug‘ullangan shahslarga yordam bergani uchun 1 yildan 5 yilgacha bo‘lgan muddatlarga futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatdan chetlatilgan.
O‘FA futbol faoliyatini nazorat qilish maxsus inspeksiyasi futbol sohasida shubha ostiga olingan vaziyatlar, futbol o‘yinlarida uchrashuvga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishuvlarda ishtirok etish bo‘yicha o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.
LiveBarchasi