Keles ko‘prigida avtomobillar harakati to‘xtatildi

Jamiyat

image

Toshkent tumanidagi Keles ko‘prigi orqali avtotransport vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 4R-4 “Toshkent – Keles – Qozoqkentsoy – M39” avtomobil yo‘li (820 km) Sariyog‘och qishlog‘i shoxobcha avtomobil yo‘lida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Keles yo‘li ko‘chasi hamda Yuqori Ko‘kterak ko‘chalarini bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich (ko‘prik) sun’iy inshootida kecha, 23 may soat 11:00 dan ta’mirlash ishlari yakunlangunga qadar transport vositalari harakati to‘liq to‘xtatildi. (suratda qizil rangda).

Ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalarining harakati vaqtinchalik tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 va 4K-702 avtomobil yo‘li orqali tashkil etildi (suratda ko‘k rangda).


Maqola muallifi

Teglar

Keles

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing