Kelesdagi bolalar maydonchasida 19 yoshli yigitning jasadi topildi (video)
3-sahifa
−
14 fevral
9875Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatidagi Keles shaharchasida 17 yoshli o‘smir 19 yoshli yigitni o‘ldirgani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan 17 yoshli shaxs gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Bildirilishicha, ushbu voqea kecha, 13 fevral kuni sodir bo‘lgan. Toshkent viloyatining Keles shahridagi bolalar maydonchasida 19 yoshli yigitning jasadi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.S. Jinoyat-protsessual qonunchiligining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) bilan ushlangan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida 18 yoshli yigit o‘z pochchasini pichoqlab o‘ldirgandi.
Mohimbegim Ma’rufaliyeva