Kelesdagi yangi qurilayotgan binoga o‘t ketdi (video)
3-sahifa
−
23 may 1959 1 daqiqa
Bugun, 23 may kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani Keles shaharchasidagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 13:39 da shaharchaning Olmazor ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent viloyati FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, 2 ta qutqaruv bo‘linmasi soat 13:45 da hodisa joyiga yetib borgan, yong‘in soat 13:48 da o‘rab olingan va soat 13:54 da to‘liq bartaraf etilgan.
Yong‘in oqibatida yangi qurilayotgan binoning yer to‘la qismida taxminan 40 kvadrat metr maydonda qurilish chiqindilari yonib zararlangan.
“Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahrida joylashgan kafelardan birida yong‘in sodir bo‘lgandi.
Live
Barchasi