Kelasi yil Afg‘onistonni yanada og‘ir sharoit kutmoqda
Olam
−
18 noyabr 2022
676825 million afg‘on allaqachon qashshoqlikda yashamoqda, 2023 yilda uch kishidan ikkisi gumanitar yordamga muhtoj bo‘ladi. Bu haqda kecha, 17 noyabr kuni BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari o‘rinbosari, gumanitar masalalar bo‘yicha koordinatori Ramiz Alakbarov Rossiya tomonidan Arria formulasi bo‘yicha tashkil etilgan jahon tashkiloti Xavfsizlik kengashining norasmiy yig‘ilishida videoaloqa orqali so‘zlagan nutqida ma’lum qildi. Uchrashuv iqtisodiy tanazzulning oldini olish, Afg‘onistonni qayta tiklash va rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan.
"Afg‘oniston aholisining 65 foizi qandaydir gumanitar yordamga muhtoj bo‘ladi. Bu yil biz yalpi ichki mahsulotning 35-40 foizga pasayishini kutmoqdamiz. Moliya tizimi tanazzulga yuz tutdi. Aholi uchun oziq-ovqat savati narxi 30 foizga oshib, oilalarni qarzga botishga majbur qildi”, deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat 700 ming ish o‘rni yo‘qolishiga olib kelgan.
“Aholi daromadining to‘rtdan uch qismi oziq-ovqatga sarflanadi, 25 millionga yaqin odam qashshoqlikda yashaydi”, deya qo‘shimcha qildi BMT koordinatori.
Uning ta’kidlashicha, agar oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar yetarli bo‘lmasa, aholi o‘rtasida to‘yib ovqatlanmaslik darajasi oshadi, qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qadamlar eng yomon ssenariydan qochishga yordam bermaydi.
“2023 yilda uch kishidan ikkisi gumanitar yordamga muhtoj bo‘ladi. Afg‘oniston uchinchi yil ketma-ket qurg‘oqchilikka duchor bo‘lishi ehtimoli katta”, deydi Alakbarov.
LiveBarchasi