Tailandda o‘zbekistonlik yigit fojiaviy halok bo‘ldi

Olam

image

Tailandda qoyaga ko‘tarilish taqiqlanganiga qaramay, sharshara yonida suratga tushish uchun yashirincha balandlikka ko‘tarilgan O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda “Nilight Kapook” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, 22 yoshli o‘zbekistonlik Abdulloh Soipov Tailand janubidagi Ngao sharsharasi yonida tik jarlikdan qulab tushgan.

Death

Jabrlanuvchining do‘stlari zudlik bilan qutqaruvchilar va shifokorlar guruhini chaqirishgan, ammo yigit bosh qismidan olgan og‘ir jarohat tufayli jon bergan. O‘zbekistonlik bilan 6 nafar rossiyalik sayyoh bo‘lgan.

Marhumning hujjatlari tekshirilganda, u Pxuketdagi Pranta Xanvi fondida ko‘ngilli sifatida faoliyat yuritishi va 2020 yil 25 noyabrgacha amal qiladigan vizaga ega ekani aniqlangan. Ayni paytda uning hamkasblari va do‘stlari politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda. Marhumning jasadi o‘limning haqiqiy sababini aniqlash uchun Ranong shifoxonasiga yuborilgan.

Death

Tailanddagi O‘zbekiston elchixonasi voqea yuzasidan ogohlantirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

sayyoh Tailand

Baholaganlar

605

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing