Kattaqo‘rg‘on hokimligi bosh mutaxassisi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri hokimligi bosh mutaxassisi 1200 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Huquq tartibot idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Kattako‘rg‘on shahar hokimligida bo‘lim bosh mutaxassisi bo‘lib ishlovchi 1992 yilda tug‘ilgan J.R. fuqaroga Kattaqo‘rg‘on shahrida qurilayotgan yangi 12 qavatli uylardan 3 xonali xonadonni davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya hisobida sotib olishi uchun uni bazaviy ro‘yhatga qo‘shishi va subsidiya ajratib berishi evaziga 1200 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, J.R.ga nisbatan o‘tkazilgan shaxsiy tintuv vaqtida uning yonidan taxminan 5-10 gr. miqdordagi “Marixuanna” giyohvandlik vositasi, 300 AQSH dollari pul mablag‘lari xamda giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama topilgan.

Ushbu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryoda viloyat Soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari va Farg‘onada tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i pora sabab qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing