Katta magistral yo‘llari bo‘yida masjidlar quriladi
Jamiyat
−
30 may 2021 10157 1 daqiqa
O‘zbekistonning katta magistral yo‘llari bo‘yida masjidlar qurilish ishlari amalga oshiriladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent – Termiz — M-39 avtomagistral yo‘lining Jizzax viloyati Paxtakor tumani “Buyuk ipak yo‘li” qishlog‘i hududidan o‘tuvchi katta magistral yo‘l yoqasidagi 70 sotix yer maydonida jome masjidi quriladi.

Shuningdek, Toshkent – Andijon – Farg‘ona – Namangan — A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining Angren shahar “Yoshlik” mahallasi hududidan o‘tuvchi katta magistral yo‘l yoqasidagi 70 sotix yer maydonida barcha qulayliklarga ega bo‘lgan ikkita zamonaviy yo‘lovchi jome masjidlari quriladi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust