Masjidlar soniga cheklov kiritilishi mumkin. Qirg‘izistonda!
Olam
−
08 aprel
3329Qirg‘iziston hukumati aholi punktlarida masjidlar, ibodatxonalar, cherkovlar va boshqa diniy ob’ektlar sonini cheklashni rejalashtirmoqda. Bu haqdagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi.
Qirg‘iziston Diniy ishlar bo‘yicha davlat komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yildan boshlab mamlakat hududida ilgari qurilgan, biroq ro‘yxatdan o‘tmagan diniy ob’ektlarni hisobga olish bo‘yicha kampaniya boshlangan. Ushbu kampaniya davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat yuritayotgan 644 diniy ob’ekt aniqlangan.
“2023 yil boshiga kelib, yana 200 dan ortiq qurilayotgan diniy ob’ektlar aniqlangan. Shu bilan birga, har kuni mahalliy davlat boshqarmalari va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga diniy ob’ektlarni qurishni yakunlash uchun moliyaviy yordam so‘rab murojaatlar oqimi ortib bormoqda. Qurilish ishlari aholi ehtiyojini ob’ektiv hisobga olmagan holda olib borilmoqda – ba’zida bitta aholi punktida 10 tagacha diniy ob’ekt faoliyat yuritmoqda, ular bir-biriga juda yaqin joylashgan bo‘ladi”, deyiladi xabarda.
Shu munosabat bilan aholi punktlarida diniy ob’ektlar sonining yuqori chegarasini belgilash zarurati tug‘ilganini ta’kidlaydi idora.
Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, bunday binolarni loyihalashda quyidagi me’yorlarga amal qilish taklif etilmoqda:
- qishloqlarda ular orasidagi masofa kamida 2 kilometr bo‘lishi kerak;
- qishloq birliklarida kamida 3 kilometr;
- shaharlarda esa kamida 4 kilometr.
Agar loyiha ma’qullansa, ushbu me’yorlar allaqachon qurib bitkazilgan diniy ob’ektlarga tatbiq etilmaydi.
LiveBarchasi