Katta Farg‘ona kanalidan topilgan avtomobil ichidan ikkita jasad chiqdi

Jamiyat

image
Xorazmda kanaldan mashinaga zanjirlangan holdagi jasadi topilgan erkakning o‘limi sababi fosh qilindi north_east

Xorazmda kanaldan mashinaga zanjirlangan holdagi jasadi topilgan erkakning o‘limi sababi fosh qilindi

Katta Farg‘ona kanalining Shahrixon tumanidan oqib o‘tgan qismidan topilgan mashina ichidan ikkita inson jasadi topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Joriy yilning 31 iyul kuni Shahrixon tumani, “Qayrag‘ochguzar” MFYda yashovchi O.G‘aniyeva tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan. U 23 iyul kuni soat 19:30 larda turmush o‘rtog‘i 25 yoshli T.Abdullayev o‘zining boshqaruvidagi 50 Z 480 JA bo‘lgan M412  rusumli avtomashinasida chiqib ketib, yashash uyiga qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini va turmush o‘rtog‘ini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Mazkur holat bo‘yicha 31 iyul kuni Shahrixon tuman prokurori tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bundan tashqari, Shahrixon tuman, “Qorako‘rpa” MFYda yashovchi M.Inomov tuman IIB ariza bilan murojaat qilib, onasi 40 yoshli T.Dadajonova 23 iyul kuni soat 20:00 larda yashash uyidan hech bir sababsiz chiqib ketib, yashash uyiga qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolganligini va onasini topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv materiali 4 avgust kuni yuqoridagi jinoyat ishiga qo‘shilgan. O‘tkazilgan tezkor-tergov harkatlari davomida, 05.08.2020 yilda T.Abdulayev boshqaruvidagi davlat raqami 50 Z 480 JA bo‘lgan M412 rusumli avtomashinasi Katta Farg‘ona kanalining Shahrixon tumani, “Begbachcha” MFY o‘ramidan oqib o‘tgan qismidan topilgan.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganida, avtomashina saloni ichida T.Abdullayev va T.Dadajonovani jasadi tan aniqlanib ko‘zdan kechirilgan. T.Abdullayev jasadini turmush o‘rtog‘i va singlisi tomonidan, T.Dadajonovani jasadi uning ikki nafar farzandlari tomonidan tanib olindi. Holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sud-tibbiy ekspertiza byurosining dastlabki ma’lumotnomasida T.Abdullayev va T.Dadajanovani tanasi va ichki a’zolari suvda chirish alomatlari mavjudligi, o‘lim holati esa suvga cho‘kish natijasida kelib chiqanligini bayon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

jasad kanal Shahrixon

Baholaganlar

847

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing