Katta Farg‘ona kanalidan 33 yoshli erkakning jasadi topildi (video)
3-sahifa
−
03 iyul
16561Katta Farg‘ona kanalidan 33 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 22 iyun kuni 1991 yilda tug‘ilgan fuqaro T. O‘. Farg‘ona viloyati Samandarak hududidan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanaliga cho‘milish maqsadida tushib, qaytib chiqmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 28 iyun kuni O‘.T.ning murdasi tan jarohatlarsiz O‘zbekiston tumani Zinasha mahallasidan oqib o‘tgan Katta Farg‘ona kanalidan topilgan.
“Hozirda ushbu holat yuzasidan Bag‘dod tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deydi Hayot Shamsutdinov.
Ma’lumot uchun, marhum oilali bo‘lib, 2 nafar farzandning otasi bo‘lgan. Quruvchilik bilan shug‘ullangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda talaba Bo‘rijar kanalida cho‘kib, vafot etgandi.
LiveBarchasi