Katta Andijon magistral kanali boshqarmasi mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Katta Andijon magistral kanali boshqarmasi boshlig‘i S.S. o‘z mehnat faoliyatini olib borishda tashkilotning sobiq rahbari B.U. tomonidan turli bosim va qarshiliklarga duch kelayotgani haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati izoh berdi.

Qayd etilishicha, Katta Andijon magistral kanali boshqarmasi mansabdor shaxslari juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilgani yuzasidan joriy yilning 13 iyul kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, boshqarma sobiq rahbari B.U. tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunbuzilish holatlari haqidagi ma’lumotlar jinoyat ishi doirasida tekshirilishi va qonuniy baho berilishi ta’minlanadi. Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon jinoyat ishi ochildi

Baholaganlar

250

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing