Katanets O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyligidan ketdi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets sog‘ligidagi muammo sabab, iste’foga chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tashkilot Katanetsning sog‘ligidagi muammolar sabab, tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qildi. Sloveniyalik mutaxassis o‘z murojaatida hozirgi holatida vazifalarini to‘laqonli, professional tarzda bajara olmaganini afsus bilan qayd etdi. Doimiy qo‘llab-quvvatlagani va samarali hamkorlik uchun assotsiatsiyaga o‘z minnatdorligini bildirdi. Terma jamoaga Jahon chempionati saralash bahslarida omad tiladi.

O‘FA va Srechko Katanets o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro do‘stona munosabatlarni saqlagan holda bekor qilindi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzodni tayinlash borasida ish olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Katanets sog‘igidagi muammo sabab, Qatardagi yig‘inni o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Srechko Katanets O'zbekiston futbol assotsiyatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing