Turkiya Yaponiyaga aylandimi? Istanbul va Anqarada zilzila yuz berdi

Olam

image

Turkiya ham borgan sari Yaponiya kabi zilzilalar qurshovida qolyapti. Bugun, 27 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:33 da 3,1 balli zilzila qayd etildi. Zilzila o‘chog‘i yer sathidan 5,5 km chuqurlikda bo‘lgan. 

Istanbuldagi zilzila ortidan soat 13:51 da poytaxt Anqarada ham zilzila qayd etildi. Yer silkinishi 3,9 ballni tashkil etmoqda. Uning o‘chog‘i 5 km chuqurlikda. 

24 yanvar kuni Turkiyaning Elyazig‘ viloyatida 6,8 balli zilzila qayd etildi. Zilzila natijasida qurbon bo‘lganlar soni 40 tani tashkil etmoqda

103 kishining davolanishi davom etmoqda. 13 kishi og‘ir ahvolda. Bor-yo‘g‘i 45 kishi vayronalar ostidan sog‘-salomat qutqarib qolingan. 76 ta bino vayronaga aylandi. 645 ta bino xavfli holatda. 541 ta bino o‘rta va oz xavf ostida qolmoqda. Vayronalar ostidan yana bir kishini qidirish ishlari davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu biroz avval Istanbulda 7,5 balli zilzila kutilayotganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya Zilzila

Baholaganlar

260

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing